Multilevel Official

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 15-noyabr

Ushbu shartlar multilevelofficial.uz platformasidan (keyingi o‘rinlarda — «Platforma») foydalanish qoidalarini belgilaydi. Ro‘yxatdan o‘tib yoki Platformadan foydalanib, siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.

1. Xizmat haqida

Platforma CEFR Multilevel imtihoniga tayyorlanish uchun mock testlar (Listening, Reading, Writing, Speaking) va ularning natijalarini taqdim etadi. Platforma rasmiy imtihon tashkilotchisi emas va rasmiy sertifikat bermaydi.

2. Natijalar haqida

Listening va Reading natijalari to‘g‘ri javoblar asosida hisoblanadi. Writing va Speaking esa sun’iy intellekt yordamida rasmiy baholash mezonlari asosida baholanadi. Bu natijalar taxminiy bo‘lib, tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan; ular rasmiy imtihondagi ballingizga to‘liq mos kelishiga kafolat bermaymiz.

3. Hisob

4. Taqiqlanadi

Ushbu qoidalar buzilganda hisob ogohlantirishsiz bloklanishi mumkin.

5. Mualliflik huquqi

Platformadagi test materiallari, dizayn va «Multilevel Official» brendi Multilevel Official’ga tegishli. Siz yozgan javoblar va ovoz yozuvlari sizga tegishli bo‘lib qoladi; ularni faqat baholash va natijani ko‘rsatish uchun ishlatamiz.

6. Pullik kurslar

Mock testlar bepul. Kurslarga yozilish, to‘lov va qaytarish shartlari har bir kurs bo‘yicha alohida, administrator bilan kelishiladi.

7. Javobgarlik

Platforma «borligicha» taqdim etiladi. Texnik uzilishlar, internet muammolari yoki AI bahosidagi noaniqliklar uchun javobgar emasmiz, lekin ularni tez tuzatishga harakat qilamiz.

8. O‘zgarishlar

Shartlarga o‘zgartirish kiritishimiz mumkin; yangi tahrir ushbu sahifada e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

9. Aloqa

Telegram — @Multilevel_Official.

Maxfiylik siyosati · Foydalanish shartlari · Bosh sahifa